Главная » Tahsil
Germaniyada tahsil odimlari ro´yxati PDF Босма E-mail
Siz Germaniyaga borishingizdan oldin bir yil mobaynida rejalashtirishingiz va quyidagi savollarni aniqlashtirib olishingiz kerak:

Ta´lim predmeti va joyi

  • Men Germaniyada qayerda o´zim xohlagan predmet bo´yicha tahsil olishim va yo´nalishni topishim mumkin (mas.: magistrlik yo´nalishi)?
  • Oliygohning qaysi turi men uchun mos: universitetmi yoki maxsus oliy bilim yurti (Fachhochschule)?

Moliyalash

  • O´qishimni qanday moliyalayman? Va oyiga qancha miqdordagi summani yashashim uchun rejalashtirishim mumkin?
  • Qanaqa stipendiyalar mavjud? Stipendiya olish uchun qanday shartlarni bajarishim kerak? Stipendiya olish uchun qanday ariza beraman?

Til bilimlari

  • DSH (Deutsche Sprachprüfung für den Hochschulzugang – oliygohga  kirish uchun nemis tili imtihoni) topshirishim kerakmi? O´qishim uchun qanday boshqa nemis tili imtihonlari tan olinadi? Qayerda men nemis tili kursiga oldindan borsam bo´ladi?
  • Boshqa til bilimlari menga zarurmi? (ingliz tili yoki frantsuz tili, ehtimol lotin tili?)

Qabul qilinish shartlari

  • Qaysi muddatlarga e´tibor qaratishim kerak?
  • Men hujjatlarimning to´liqligini oldindan uni-assist tomonidan tekshitirishim kerakmi?
  • O´qish uchun ruxsatnomaga aniqlash imtihoni topshirishim kerakmi va shu maqsadda kollejga (Studienkolleg) borishim zarurman?
  • Agar Siz san´at, musiqa yoki sport sohasida tahsil olmoqchi bo´lsangiz: qobiliyatni tekshirish imtihoni muddati qachon?

Ta´lim natijalarining va hujjatlarining tan olinishi

  • O´zbekistonda olgan baholarim tan olinadimi? Qaysi semestrdan boshlab o´qishga qabul qilinaman?
  • Germaniyada olgan hujjatlarim mening yurtimda qanday qabul qilinadi/ tan olinadi?

Viza

  • Men qanday vizaga ariza berishim kerak?
  • Viza arizasi uchun menga qanday hujjatlar kerak bo´ladi?

Toshkentdagi DAAD Ma´lumot markazi Sizga ushbu savollarning yechimida bajonidil yordam beradi.

Qabul qilish PDF Босма E-mail
O´zbekistonlik maktab bitiruvchilari litsey yoki kollejlarni bitirganlik hujjatlari olishlari bilan Germaniyada oliygohda o´qishga qabul qilinmaydilar, chunki Germaniyada maktabda o´qish uzoqroq davom etadi. Germaniyada biror – bir oliygohda tahsilni boshlash uchun O´zbekistondagi oliygohda  1 – kursni bitirgan bo´lish, Germaniyada tayyorlovchi  Studienkolleg ga qatnash va keyin aniqlash imtihoni deb nomlanadigan imtihonni topshirish kerak. Studienkollegda dars va imtihonlar to´lovlarsiz amalga oshiriladi.

Germaniyada oliygohda o´qish ruxsatini olish uchun qoidaga ko´ra nemis tilini bilish talab qilinadi va o´z yurtida til o´rganishni oldindan boshlash maqsadga muvofiqdir. Kimda – kim Germaniyada o´zining nemis tilidan bilimlarini yaxshilamoqchi bo´lsa, u yerda barcha til bosqichlari uchun bir qator til kurslariga takliflarni topsa bo´ladi. Germaniyada to´liq tahsil uchun quyidagi imtihonlardan birini topshirgan bo´lishingiz kerak:

  • Test Deutsch als Fremdsprache (TestDaF)
  • Deutsches Abitur an einer deutschen Auslandsschule oder einem bilingualen Gymnasium
  • Deutsche Sprachprüfung für den Hochschulzugang ausländischer Studienbewerber (DSH)
  • Zentrale Oberstufenprüfung (ZOP) des Goethe-Instituts
  • Kleines Sprachdiplom (KDS) des Goethe-Instituts
  • Großes Sprachdiplom (GDS) des Goethe-Instituts
  • Deutsches Sprachdiplom der Kultusministerkonferenz (DSD), C1

Xalqaro ta´lim yo´nalishlari va bir necha magistrlik yo´nalishlari ushbu qoidadan mustasno. „Nemis tilini o´rganamiz“ rubrikasi ostida ushbu imtihonlar va O´zbekistonda nemis tilini o´rganish imkoniyatlari haqida ko´proq ma´lumotlar olasiz.

Muhimi Siz o´zingiz tanlagan oliygoh websahifasidan ariza bergan ta´lim yo´nalishiga qabul shartlariga dahldor aniq ma´lumotlarni olishingiz.

Ariza berish

Yozgi semestr uchun tahsil uchun topshiriladigan hujjatlar qoidaga ko´ra 15 yanvargacha oliygohda yoki uni-assistda bo´lishi kerak. Qishki semestr uchun qoidaga ko´ra 15 iyulda. Ariza berish uchun formularlarni oliygohlarning internet sahifalaridan olish mumkin.

Ba´zi oliygohlar va yo´nalishlarning hujjat qabul qilish muddatlari turlicha, shuning uchun tanlagan oliygohingizdan doim aniq hujjat qabul qilish muddatlari haqida ma´lumotni surishtiring!

Ish va xizmat joyi uni-assist 2004 yil 01 mayda o´z faoliyatini boshladi. Bu yerda xalqaro talabalarning hujjatlarining to´liqligi va talab qilingan darajaga javob berishi tekshiriladi. Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq nemis oliygohlari uni-assist bilan birga hamkorlik qiladi va bu son borgan sari ortib bormoqda. Agar Siz uni-assist – oliygohida to´liq o´qishni boshlashni xohlasangiz, unda arizalaringizni to´g´ri uni-assistga yuborishingiz kerak. Uni – assistda ko´pgina oliygohlar uchun arizalar taqdim etish mumkin. Buning uchun tarjima qilingan va tasdiqlangan hujjatlar to´plamining 1 nusxada taqdim etilishi yetarli. Agar hujjatlar to´liq bo´lsa, uni-assist ariza hujjatlarini va tekshiruv natijalarini ham tanlangan oliygohlarga jo´natadi.

Germaniyada jamoatchilik institutlari va universitetlarida qoidaga ko´ra qabul imtihonlari o´tkazilmaydi. Bir talabalik o´rniga bir necha arizachi bo´lgan yo´nalish, fakultetlarda faqat qabul qilish cheklovlari mavjud. Bunaqa holatlarda Numerus clausus, ya´ni   maktab attestatining o´rtacha bahosi belgilanadi. Bu yo´nalishlarga hujjat topshiradigan o´zbekistonlik arizachilar to´g´ridan – to´g´ri oliygohga yoki uni – assistga murojaat qiladilar. Ko´pgina yo´nalishlar uchun hozir oliygohlar ichki qabul cheklovlari bor. Bu kabi holatlarga doir ma´lumotlarni tanlagan oliygohingizning internet sahifasidan yoki xalqaro aloqalar bo´limidan olishingiz mumkin.

O´zbekistonlik talabalarga va talabalikka nomzodlarga Germaniyaga  borishlari uchun viza zarur bo´ladi. Germaniyada o´qishga viza olish uchun bir o´quv yili uchun yetarli mablag´ning mavjudligini isbotlab bera olish kerak. Hozirgi paytda oyiga 585 € miqdoridagi sarf – xarajatlar hisobga olinmoqda. Viza talabnomangiz uchun qanday shartlarni bajarishingiz kerakligini Toshkentdagi Germaniya Elchixonasidan bilib olishingiz mumkin: http://www.taschkent.diplo.de/. Hech ham sayyoh sifatida Germaniya hududiga kirmang. Sayyohlik vizasini keyinroq tahsilga ariza berish yoki tahsil olish maqsadlaridagi vizaga aylantirib bo´lmaydi.

Agar Sizda biror oliygohda yoki biror kollejda o´qish ruxsati bo´lmasa, unda Siz Germaniya Elchixonasida o´qishga ariza topshirish maqsadida viza talabnomasi taqdim etishingiz mumkin.  Vizaning amal qilish muddati uch oy va bu Sizga Germaniyada o´sha yerning o´zida tahsil olish haqidagi ma´lumotlarni olish va o´qish uchun ruxsat olish shartlarini bajarish imkonini beradi. Agar vaqt yetarli bo´lmasa, tashrif muddati uzog´i bilan olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Shu vaqt mobaynida o´qishga yoki kollejga qabul qilinsangiz, o´qish maqsadida yashash uchun ruxsatnoma olishga ariza berishingiz mumkin.

Ta´lim yo´nalishining tanlanishi PDF Босма E-mail
Nemis oliygohlarining tahsil taklifi juda keng qamrovli va rang – barang. Internetda turli ma´lumotlar bazasi mavjud bo´lib, unda Siz turli ta´lim yo´nalishlarining mazmuni, davomiyligi va bitiruv imkoniyatlari shuningdek qaysi oliygohlarda qanday yo´nalishlar va bitiruv imkoniyatlarini taklif etishi haqidagi ma´lumotlarni olishingiz mumkin:

Hochschulführer des DAAD Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD)ning oliygohlar qo´llanmasi - Sizga tanlovingizdagi o´qimoqchi bo´lgan predmet bo´yicha oliygohni ko´rsatib beradi, asosiy va keng qamrovli tahsil imkoniyatlariga ajratilgan (nemis va ingliz tillarida).

Hochschulkompass Oliygoh kompasi - oliygoh rektorlari konferentsiyasining (HRK) barcha nemis oliygohlari, ularning ta´lim takliflari va xalqaro hamkorliklari haqida ma´lumot taklifidir (nemis va ingliz tillarida).

Tahsil va kasb tanlashda yo´nalishni izlash ( www.studienwahl.de ) har bir ta´lim yo´nalishiga doir batafsil  qisqacha tavsifnomani taklif etadi va oliygohlarning taklifini taqdim etadi (nemis, ingliz va frantsuz tillarida).

Internationale Studiengänge (Xalqaro ta´lim yo´nalishlari): Germaniyada ko´plab oliygohlari xalqaro tan olingan bitiruv hujjatlarini beradigan (bakalavr, magistr, fan nomzodi) ta´lim yo´nalishlarini taklif etadilar. Barcha kurslar yuqori akademik standartni bajaradilar, yaxshi tashkillashtirilgan, ingliz tilida olib boriladi va nemis tili kurslari taklif etiladi (ingliz tilida).

2006 yil sentabr oyida  Nemis ilm – fan uyushmasi va DAAD tomonidan 10 ta Magistrlik dasturlari „Nemis oliygohlarida eng yaxshi 10 ta xalqaro magistlik ta´lim yo´nalishlari sifat ko´rsatkichi“ deb baholandi.
Germaniyada 10 ta eng yaxshi xalqaro magistrlik dasturlari ro´yxati (Liste der Top 10 international Master's Degree Courses Made in Germany).

Forschungsportal.net Barcha oliygohlarga ega Germaniya xaritasini va ularga tegishli internet adreslarini taklif etadi.

Hochschulkarte Deutschland da tanlangan oliygohlarning internet sahifalariga to´g´ridan – to´g´ri tashrif buyurishingiz mumkin.

Yozgi kurslar (Sommerkurse): Nemis oliygohlarida Yozgi kurslar taklifi: Barcha bosqichlarda Nemis tili chet til sifatida til kurslari shuningdek turli yo´nalishlarda tematik kurslar.

O´zbekiston oliygohlari bitiruv hujjatlarining tan olinishiga doir ma´lumotlarni chet el ta´lim tizimi bosh ofisi Anabin ma´lumotlar bazasida o´qiysiz.

Agar Siz biror fan va bir yoki bir necha oliygohlarni tanlagan bo´lsangiz, albatta Akademik Xalqaro bo´lim (Akademisches Auslandsamt) va/yoki tanlagan yo´nalish bilan aloqa o´rnating va aniq qabul shartlari haqida so´rab oling! Ular oliygohga qarab bir – biridan farqlanadi.
Germaniya ta´lim PDF Босма E-mail
Germaniya ta´lim maskani sifatida ko´pgina afzalliklarni taklif etadi:
  • Universitetlarning yuqori akademik standarti
  • Tahsilning baynalminalligi, Ingliz tilida bakalavr, magistratura va aspirantura dasturilari
  • Ta´lim to´lovlarining yo´qligi yoki kamligi va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda yashash xarajatlarining kamligi
Nemis oliy ta´lim sistemasi o´ziga xos ko´p qirraliligi bilan ajralib turadi: rejalashtirilgan  yo´nalishga qarab istaklaringizga mos keladigan taklifni topishingiz mumkin. Amaliyotga yo´naltirilgan institutdan (Fachhochschulen), klassik universitet ma´lumotidan to dunyo bo´ylab yagona obro´ga ega kasb akademiyasigacha hamma – hammasini Germaniyadan topasiz! Oliy ta´lim muassasalari butun federal hudud bo´yicha tarqalgan holda mavjud, katta shaharda yoki kichik hududlarda. Juda qadimiy yoki juda zamonaviy, kichik va kaftdek aniq yoki katta va doimiy harakatda barcha – barchasi mavjud. Siz faqat o´zingizga mosini tanlashingiz kerak!
Hozirda jahonning barcha mamlakatlaridan talabalarni o´ziga chorlovchi 400ga yaqin ingliz tilidagi  bakalavr va magistrlik yo´nalishlari mavjud.  "International Degree Programmes" (IDP) yuqori akademik daraja va yaxshi strukturaga ega ta´lim dasturlari orqali alohida ajralib turadi. Tahsil bilan birga nemis tili kurslari shuningdek intensiv rahbarlik va tahsil bo´yicha maslahatlar taklif etiladi.
Oliygohlar turlari

Kim tanlov oldida tursa, qiyinchilikka duch keladi ("Wer die Wahl hat, hat die Qual"). Shunday deyiladi nemislarning maqolida. Va bu maqol ehtimol Sizning Germaniyadagi turli – tuman tahsil imkoniyatlariga nisbatan holatingizni juda yaxshi tasvirlamoqda.

Germaniyada 409 ta davlat tomonidan tan olingan, butun federativ respublikaning 165 joyiga tarqalgan oliygohlar mavjud. Barcha oliygohlar birgalikda 13.500 dan ko´proq ta´lim yo´nalishlarini taklif etadilar. Sizning tanlovingiz Sizga qiyinchilik tug´dirmasligi uchun qaror qabul qilishga doir bir qator ko´maklarni tayyorladik.

Oliygohlarning qanday turlari mavjud?

Agar oliygoh turi aniq bo´lsa, takliflar ham aniqroq bo´ladi. Germaniyada oliygohlarning uch turi mavjud:

  1. Universitetlar,
  2. Institutlar (Fachhochschulen) shuningdek
  3. San´at, film va musiqa institutlari.

Agar Siz ilmga yo´naltirilgan tahsil bilan qiziqsangiz, Sizga aynan universitetlar to´g´ri keladi. Universitetlar keng qamrovli predmetlar spektrumini taklif eadi. Ba´zi universitetlar ma´lum bir sohalarga mo´ljallangan bo´ladi. Bunga misol tariqasida texnika, tibbiyot yoki pedagogika institutlarini keltirishimiz mumkin. Agar Siz Germaniyada ilmiy ish yoqlamoqchi bo´lsangiz (fan nomzodi darajasi), unda Siz universitetni tanlab to´g´ri qilgansiz.

Agar Siz amaliyotga yo´naltirilgan tahsilni afzal ko´rsangiz, unda maxsus oliy bilim yurtlari (Fachhochschulen) to´g´ri yechim bo´ladi. Bu yerda Siz kasbiy hayotning aniq talablariga mos bo´lgan,  ilmga asoslangan  ma´lumotni olasiz. Tahsilga amaliyot va amalyiot semestri ham taalluqlidir. Unda talabalar o´z bilimlarini tadbirkorlik tashkilotlarida va korxonalarda amaliyotga qo´llash imkoniga ega bo´ladilar.

Agar Siz badiiy – san´at sohasida tahsil olmoqchi bo´lsangiz, san´at, film va musiqa institutlari to´g´ri tanlovdir. Ushbu oliygohlar tasviriy san´at, sanoat – moda dizayn, grafika, cholg´u musiqasi yoki qo´shiqchilik kabi yo´nalishlarni taklif etadi. Oliygohlarda zamonaviy axborot vositalari uchun rejissyorlar, operatorlar, stsenariy mualliflari shuningdek film va televideniye ijodkorlari tayyorlanadi. Bu kabi tahsilning sharti ayniqsa san´at sohasida Siz test orqali ko´rsatib bera oladigan alohida qobiliyatdir. San´at, film va musiqa oliygohlari uchun alohida qabul shartlari ham mavjud.

Davlat va xususiy oliygohlar qanday farqlanadi?

Germaniyada ko´pgina oliygohlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bir necha oliygohlar protestan yoki katolik cherkov tomonidan qo´llab – quvvatlanadi. Bu bilan bir qatorda hozirda 100 dan ortiq hujjatlari davlat tomonidan tan olinadigan xususiy oliygohlar ham mavjud. Ularning aksariyati maxsus oliy bilim yurtlari (Fachhochschulen).

Germaniyadagi aksariyat talabalar asosan davlat oliygohlariga ariza beradilar. Faqatgina 3 foiz talabalar xususiy oliygohlarga boradilar. Bunga sabab xususiy oliygohlarda o´quv to´lovlarining qisman yuqoriligidadir. Ta´limning sifati ikkala oliygoh turida bir xil tarzda yaxshi.

Bilish muhim: Germaniyada ta´lim tizimi markazlashgan holda boshqarilmaydi. 16 federal yerning har biri o´zining oliy ta´limga dahldor qonunlarga va yo´riqnomalarga ega. Bundan tashqari Germaniyadagi oliygohlar  sezilarli darajada mustaqildir. Shunga ko´ra ko´p narsalar barcha oliygohlar uchun umumiy tarzda tartiblashtirilmagan. Shuning uchun: tanlovingizdagi oliygohda qanday tartib – qoida tegishliligi so´rab oling.



Уважаемые посетители!
Убедительная просьба:
при посещении ИЦ DAAD в Ташкенте иметь с собой паспорт или копию паспорта.

map1
Расположение DAAD в Ташкенте

Для подачи заявления на стипендию ДААД в 2007 году была введена система заполнения бланка заявки online. 
Здесь вы можете прочитать подробную инструкцию и получить доступ к заявке online.

 Formulieren eines Exposes über ein Forschungsvorhaben
Forschungsvorhaben.pdf
How to Write a Research Proposal