Главная » Tadqiqotlar
Foydali Linklar PDF Босма E-mail
Germaniyadagi tadqiqot muassasalari haqidagi yaxshi obzorni ta´lim va tadqiqot federal vazirligining (BMBF) tadqiqot portali taqdim etadi:www.forschungsportal.net

Tashqi ishlar boshqarmasi o´zining vebsahifasida „Germaniyada ilm-fan va tadqiqot“ mavzusiga doir yangililarni va linklarni taqdim etadi: www.auswaertiges-amt.de

"Research in Germany" portali chet ellik olimlarga tadqiqot maskani – Germaniya haqida keng qamrovli ma´lumotlarni beradi (ingliz tilida). U tadqiqot va rivojlanish mavzusiga doir dolzarb xabarlar va tadbirlar servisini,  200 dan ortiq linkka ega vebkatalogni shuningdek qidiruv mashinasini qamrab olgan: www.research-in-germany.de

Biror muassasa yoki Germaniyada tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun ilmiy hamkor izlash uchun: 17.000 dan ortiq tadqiqot muassasalari orasidan izlash imkoniga ega qidiruv mashinasi. Ushbu ma´lumotlar to´plami ham Germaniya universitetlaridagi institutlar va seminarlar ham universitetdan tashqari tadqiqot muassasalarini qamrab oladi: http://www.daad.de/deutschland/forschung/research-explorer/08308.de.html

Aleksandr fon Humboldt fondining Germaniya likvidlik markazi Yevropa Ittifoqi bo´ylab tarqalgan „Likvidlik markazlarining aloqasi“(„Netzwerk von Mobilitätszentren" (ERAMORE)) loyihasining bo´lagi va tadqiqot faoliyati uchun Germaniyaga boradigan olimlarga ma´lumotlar va maslahatlar berish vazifasiga ham ega. Likvidlik markazi ko´plab mavzularga doir umumiy ma´lumotlarni beradi, internet portali shuningdek Helpdesk xizmatini ham taqdim etadi. Bundan tashqari markaz Yevropa bo´ylab olimlarni likvidlik markazlari bilan bog´laydi:www.eracareers-germany.de

Internationale Kooperation (xalqaro hamkorlik) internet taklifi ta´lim va tadqiqotdagi hamkorlik uchun yo´l ko´rsatuvchi tarmoqdir va mamlakat ichida hamda chet elda ma´lumot va hamkorlik izlovchilar uchun muloqot plattformasidir. U ta´lim va tadqiqotdagi ma´sul xodimlar bilan ikkitomonlama va ko´p tomonlama hamkorlik uchun aloqa o´rnatishni taklif etadi: www.internationale-kooperation.de

Gyote Instituti o´zining „Germaniya o´ylaydi“ ("Deutschland denkt") vebsahifasida jamiyatshunoslik fanlari sohasiga oid universitetdan tashqari tadqiqot muassasalari haqida mavzular bo´yicha tartiblashtirilgan obzorni taqdim etadi:
http://www.goethe.de/wis/fut/prj/for/deindex.htm

Germaniya, Avstriya va Shveytsariyadagi universitetlar, institutlar va tadqiqot muassasalarida Akademik faoliyat uchun Online-izlash mashinasi: www.academics.com

Germaniyada Ilm-fan va tadqiqotning fondlar va homiylar orqali moliyalanishi ilm-fan maskani Germaniyaning butun bir bo´lagidir. Stiftungsindex – tahsil va tadqiqotni moliyalash sohasidagi fondlarning faoliyatiga doir internetdan olsa bo´ladigan ma´lumotlar haqida obzorni taqdim etadi  www.stiftungsindex.de

Germaniyada tadqiqot safarlarini moliyalashga albatta Stipendiyalar rubrikasida tasvirlangan dasturlar ham tegishlidir. Savollar tug´ilganda Toshkentdagi DAAD ma´lumot markazi jamoasi Sizning ixtiyoringizdadir.

Germaniyada ilmiy ish yoqlash PDF Босма E-mail
O´z kelajagini oliygoh va tadqiqot bilan bog´lagan chet ellik bitiruvchilar uchun fan nomzodi (Dr.) darajasi juda zarur. Germaniya tadqiqot maskani sifatida Sizga ilmiy ish yoqlash uchun ajoyib sharoitlarni taklif etadi. Germaniyada faqatgina fan nomzodi darajasini olish uchun bir necha yo´l mavjud bo´lgani bois, DAAD ilmiy mehnat va kar´era portali academics.de bilan birga obzor tuzib chiqdi.  U Sizga Germaniya oliy tizim landshaftida mo´ljal olishga va mos keladigan ilmiy ish yoqlash yo´llarini topishga ko´mak beradi.

Qolaversa, mo´ljal olishda Sizga „Germaniyada ilmiy ish yoqlash“ ("Promovieren in Deutschland") batafsil broshyurasi yordam beradi, uni pdf-hujjat sifatida (2,2 MB) bu yerdan ko´chirib olishingiz mumkin.

Bu yerda PDF hujjat shaklida qanday qilib tadqiqot arizasi yozishning ingliz tilidagi tafsilotini ham topishingiz mumkin.

Nemis va ingliz tillarida tadqiqot stipendiyalari uchun DAAD tomonidan yaratilgan plattformani Siz bu yerda o´qiysiz: www.phdgermany.de.

Asosan Germaniyada fan nomzodi darajasini olishning ikki yo´li mavjud: an´anaviy, individual himoya qilish va strukturalangan himoya qilish.

Germaniyada nomzodlik ishini himoya qilishning an´anaviy shakli ilmiy rahbar tomonidan individual qo´llab – quvvatlashdir. Aspirant ilmiy rahbar bilan kelishgan holda ilmiy ish yozish davrida seminarlarda va ma´ruzalarda ishtirok etadi. Ushbu an´anaviy shaklda ilmiy ish yoqlash asosan nomzodlik ishini yozish deb ataladi. Nomzodlik imtihoni fakultetning ilmiy ish yoqlash tartibiga ko´ra, og´zaki imtihonidan (o´quv fanlaridan yangitdan imtihon), nomzodlik ishining himoyasidan yoki kollokviumdan (imtihon suhbati va ish himoyasining aralash shakli) iborat.

Oxirgi yillarda ilmiy ish yoqlashning an´anaviy  shakli strukturalangan ilmiy ish yoqlash uchun aspiranturada o´qish foygasiga borgan sari ortga surilmoqda. Bu ko´pincha o´quv yo´nalishi yoki ma´ruza shaklida tashkil etilib, unda ko´pgina aspirantlar bir qamrovli mavzuni tadqiq etadilar va ularga bir necha oliygoh o´qituvchilari tomonidan rahbarlik qilinadilar. Ma´ruzalarning qoidalari ko´pincha bir qator o´quv mashg´ulotlarini nazarga tutadi va unga qatnash majburiydir. Aspirantlar doimiy ravishda o´z ishlarining holari haqida xabar berib turishlari kerak, bunga qo´shimcha ravishda kollokviumlar yoki konferentsiyalar bo´lib turadi. Bu bilan birga an´anaviy modeldagi kabi nomzodlik ishini yozish.

Germaniyada tadqiqot PDF Босма E-mail
Germaniya Yevropada 1- raqamli  tadqiqot maskani!

Boy infratizim, ilmiy – tadqiqot maskanlarining jihozlanishi shuningdek malakali xodimlar – bular Germaniya tadqiqot maskani sifatidagi katta plus nuqtalaridir. Germaniya Fedreativ Respublikasi Yevropa va jahon bo´ylab hamkorlar bilan uzviy aloqaga ham va internatsionalizatsiyaning  yuqori bosqichiga ham e´tibor qaratadi. O´zini hurmat qiladigan olimlarga nemis ilm – fan landshafti cheksiz – chegarasiz imkoniyatlarni taqdim etadi. O´zining tadqiqotda kuchli universitetlari bilan bir qatorda Germaniya turli ilmiy uyushmalar tomonidan tashkil etilgan juda mashhur universitetdan tashqari tadqiqot institutlariga ham ega. Chet ellik tadqiqotchilar uchun eshiklar hamisha ochiq va ilmiy almashuvni qo´llab – quvvatlovchi bir qator dasturlar mavjud.

Tabaqalashtirilgan ilm- fan tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qator tadqiqot universitetlari bilan bir qatorda qo´llab – quvvatlovchi ilm-fan tashkilotlari ham faoliyat yuritadi:

Bunga yana boshqa davlat va xususiy tadqiqot muassasalari ham qo´shiladi. Germaniyada jami 750 ta davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy- tadqiqot muassasalari mavjud. Germaniya federativ respublikasi universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalari va tadbirkorlik korxonalari hamkorligi bilan farqlanib turadi. Germaniyaning 32 hududida 130 ga yaqin kompetentsiya tarmog´i vujudga keldi. Innovatsiyaga dahldor chegaralangan sharoitlar yordamida aloqalar hududlardagi kuchli jihatlarning rivojlanishiga hissa qo´shdi.

 Samarali sanoat tadqiqoti va moliyalash muassasalari

Germaniya tadbirkorlik tashkilotlari Yevropada eng ilg´or hisoblanadi. Tadqiqot va rivojlanishda sanoatning investitsiyasining hissasi 66 foiz bilan ayniqsa yuqoridir. Atrof-muhitni tadqiq qilish bu faqat o´sib kelayotgan bozorlarni egallab turgan foto galvan va shamol energiyasi kabi yuksak texnologiya transferi uchun bir misoldir. Tashkilotlarning ko´pchiligi loyihalarni moliyalash, stipendiyalar va mukofotlar orqali olimlarni qo´llab – quvvatlaydi. Ta´lim va tadqiqoqt federal vazirligi bilan birga quyidagi eng muhim homiylar ham bor:



Уважаемые посетители!
Убедительная просьба:
при посещении ИЦ DAAD в Ташкенте иметь с собой паспорт или копию паспорта.

map1
Расположение DAAD в Ташкенте

Для подачи заявления на стипендию ДААД в 2007 году была введена система заполнения бланка заявки online. 
Здесь вы можете прочитать подробную инструкцию и получить доступ к заявке online.

 Formulieren eines Exposes über ein Forschungsvorhaben
Forschungsvorhaben.pdf
How to Write a Research Proposal