 1994 yildan beri DAAD O`zbekistonda bir mintaqaviy lektor yani Ma`lumot Markazi lektori
bilan va 1995-1996 yildan  beri ikki lektor bilan O`zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetida va Jahon Iqtisodyoti va Diplomatiya Universitetida ish olib boradi. 2001 yilning kuzidan beri Samarqand Chet Tillar Institutida bir lektor ishlaydi.
DAADning O`zbekistondagi ishidan maqsad, Germaniya va O`zbekiston o`rtasida ilmiy hamkorlikni hamma sohalarda qo`llab-quvvatlash:
- DAAD qiziquvchilarga va ilmiy tashkilotlarga Germaniya ta`lim tizimi va o`qish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari haqida ma`lumot beradi;
- DAAD o`zbek studentlari, bitiruvchilari va olimlarini stipendiyalar bilan qo`llab-quvvatlaydi;
- DAAD qisqa va uzoq muddatga nemis olimlarini O`zbekistonga kelishini ta`minlaydi;
- DAAD nemis va o`zbek oliy o`quv yurtlariga ilmiy hamkorlik uchun oliy o`quv yurtlari hamkorligi ramkasi ostida moddiy yordam beradi;
- DAAD O`zbekistonda ilmiy konferentsiyalarni o`tkazilishi uchun moddiy yordam beradi;
- DAAD alohida fanlarga tegishli dasturlar orqali O`zbekiston universitetlaridagi germanistika va nemis tili bo`limlarini qo`llab-quvvatlaydi.
|
|
DAAD orqali ko'rsatilgan qo`llab-quvvatlashlar |
|
|
|
|
Qadrli mehmonlar! Bizning websahifamiz yangilanmoqda. |
|
|
|
|