
2012 yil 23 mart, juma, kuni DAADning 100 dan ortiq o´zbekistonlik sobiq stipendiatlari shuningdek taxm. 30 nafar taklif etilgan mehmohlari va notiqlari Turin Politexnika Universitetida bo´lib o´tgan DAAD Alumnilari uchrashuvida ishtirok etdilar. Faxrli mehmonlar va ochilish marosimi notiqlari sifatida Germaniya Federativ Respublikasining O´zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining doimiy vakili janob Holger Frayder, Yevropa Delegatsiyasining O´zbekistondagi elchisi janob Norbert Justen qolaversa, O´zbekiston universiteti hamda institutlari vakillari shuningdek DAADning Bonndagi Markaziy ofisi vakillari qutlandilar.
Anjumanning maqsadi DAADning turli fan sohalarida faoliyat yuritayotgan sobiq stipendiatlari o´rtasidagi aloqa va muloqotga hissa qo´shishi kerak bo´lgan tadbir ham plenar ma´ruzalarni ham turli ishchi guruhlarni taklif etdi. Prof. Rothfuss, Berlindagi IB – institutining rektori („Hermann Hesse misolida ta´limning millat va tillarni qamrab oluvchi element sifatida adabiyotning funktsiyasi“), Mayn bo´yidagi Frankfurt Gyote universiteti vakili Prof. Ebner („Tadbirkorlik va innovatsiya iqtisodiy rivojlanishlarning jarayonida“), Bishkekdagi YeXHT Akademiyasidagi DAADning uzoq muddatli dotsenti Dr. Kayzer („Bilim rivojlanishda – tafakkurning muhimligi“), Ta´lim va tadqiqotlar federal vazirligi vakili janob Shlixt („Federal hukumatning ilm-fan va tadqiqotning xalqarolashuvidagi strategiyasi: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik maqsadlari, asoslari va imkoniyatlari“) shuningdek O´zbekiston Fanlar Akademiyasi professori Mirzayev („Yevropa bilan oliygohlar o´rtasidagi hamkorliklar va olimlar almashinuvi – imkoniyatlar, maqsadlar va an´analar“) kabi notiqlar o´z ma´ruzalarida butun plenar majlis ishtirokchilariga keyingi bahs –munozaralarda qatnashisha olishlari uchun turli mavzularga doir ma´lumotlar va turtkilarni taqdim etdilar.
Plenar majlis davomida fanlarga taalluqli qisqa ma´ruzalar va munozaralar shaklida matematika, tabiiy fanlar va meditsina, Germanistika, Ijtimoiy fanlar, Iqtisodiy fanlar va qishloq xo´jaligi fanlari kabi besh ishchi guruh o´z faoliyatini davom ettirdilar.
Matematika, tabiiy fanlar va meditsina birinchi guruhida O´zbekiston Fanlar Akademiyasidan Dr. S. Polyarush ma´ruzasida „Molekulyar texnikalar va tabiiy fanlar“ batafsilroq yoritib berildi. Ma´ruza yuzasidan vorkshopda nima manzur bo´lgani haqida berilgan savolga anjuman ishtirokchisi Dilobar Mirrahimova shunday javob berdi: „Bir qator qiziqarli yangiliklar bo´ldi. Mening mutaxassiligim meditsina sohasida ham bioximiya, farmatsevtika, nanotexnologiya va hatto fizika kabi sohalari bilan meditsina uchun yangi perspektivalarni ko´rsatadigan bog´liq jihatlar borligi aytib o´tildi. Ushbu sohalar o´rtasidagi olimlar almashinuvi menimcha muhim.“
Germanistika, ikkinchi ixtisoslashgan ishchi guruhi Tbilissi DAAD Ma´lumot markazi rahbari Dr. Elizabet Venohr rahbarligida „Nemis fan tilida yozish“ mavzusini muhokama qildi. Ishchi guruh ishidan universitetdagi darsi uchun yoki o´zining shaxsiy ilmiy ishi uchun nimalar olganligi haqidagi savolga Dilorom Ismatillaeva shunday javob beradi: „Men barcha tadqiqot mavzulari ko´pincha umumiy tuzilishiga va shu asosda ish olib borilishiga amin bo´ldim. Bunda misol uchun biror ilmiy maqoladagi natijalarni boshqalar uchun ham savolni aniq qo´yish va fokus juda muhim. Nemis tilidagi ilmiy uslubga, masalan nominal uslubga yoki chet til so´zlarining qo´llanilishiga doir ma´lumotlarni oldim.“
„Nega va nima maqsadda ijtimoiy fanlarni o´rganamiz?“ tematikasida uchinchi Ijtimoiy fanlar guruhi Dr. Markus Kaiserning impuls beruvchi ma´ruzasi bilan faoliyat yuritdi. Anjuman ishtirokchisi Tamilla Tagieva Germaniya va O´zbekiston Ijtimoiy fanlari o´rtasidagi farqni alohida tasvirlab berdi: „Germaniyada munozara asosan tanqidiy nuqtai nazarga yo´naltirilganligi diqqatimni tortdi. Bunga asos balki ijtimoiy fanlarning va ijtimoiy ongning akademik yo´nalish sifatidagi uzoq o´tmishi bo´lsa kerak.“ Qo´shimcha ravishda Tamilla shunday fikr bildirdi: „Mutaxassislikka doir ma´ruzalar bilan birga menga Hermann Hesse haqidagi maqola juda manzur bo´ldi, ayniqsa uning „qanday bo´lsang, aslingcha bo´l“ degan fikri ma´lum ma´noda Kassel Universitetidagi kursdoshlarimning o´zlarini tutishini yaqinroq izohlab berdi.“
„O´zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyasi“ – Dr. Omonullaxon Axmedov rahbarlik qilgan Iqtisodiy fanlar to´rtinchi ishchi guruhning mavzusi shunday edi. Alumnilar uchrashuvidan O´zbekiston va Germaniyaning iqtisodiy hamkorligi borasidagi qaysi yangiliklarni olganligi haqidagi savolga notiq shunday javob berdi: „Germaniyaning Yevropa Ittifoqidagi integratsiyasiga doir tajribalari bilan o´rtoqlashish O´zbekiston juda muhim, chunki bu kelgusida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya, Belorussiya va Qozog´iston iqtisodiy ittifoqqa integratsiyalashuvida muhim rol o´ynaydi. Qo´shimcha ravishda men yana Germaniya va O´zbekiston universitetlarining Biznes inkubatsiya sohasidagi hmakorligini qo´llab – quvvatlayman va Bank, Yengil sanoat va ekologik menejment sohalaridagi hamkorlikning chuqurlashuviga umid bildirib qolaman.“
Beshinchi, Agrar fanlar, ishchi guruhida “Markaziy Osiyoda iqlim almashuvi – O´zbekiston viloyatlari aholisining alternativ foyda manbalari“ masalasi muhokama qilindi. Shavkat Hasanov bu borada UNDPning Orol dengizi bo´yicha loyihasini misol keltirdi: “Bu hududning aholisi qachonlardir baliqchilar bo´lgan, endilikda esa ular o´zgargan ekologik va hayot sharoitlariga ko´nikishlari zarur. Loyiha boshlanishidanoldin qo´ylar podasining doimiy bo´lmagan o´tlatilishi o´tkazilgan. Endilikda esa uzoq muddatli metodlar asosida amalga oshirladigan va oddiy yangicha yondoshuvga asos bo´ladigan qishloq xo´jaligi uchun asos mavjud. Ushbu loyihada sobiq baliqchilar ham qo´shimch ravishda tadbirkorlik bo´yicha yangi bilimlarni egallashlari mumkin, Demak umumiy tashlangan dastlabki qadam boshqa hududlar uchun ham tadbiq etilishi mumkin.“
Umuman olganda, Dr. Ubaydulla Nodirxonov, O´zbekiston Orol dengizini qutqarish fondi mutaxassisi, bu yilgi Alumnilar uchrashuvida oxirgi 2005 yilda o´tkazilgan uchrashuvda ko´rishgan Alumnilarni ko´rganini va o´z sohasiga tegishli ko´pgina yangi chehralar bilan tanishganini tasdiqladi. Anjumanning dasturiy qismi DAAD Alumni dasturi yangiliklari va ko´rsatmalari hamda O´zbekiston Alumni uyushmasining faoliyatini sarhisob qilish bilan yakunlandi. Anjumandan keyingi qabul marosimida Alumnilar Kavkaz va Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan DAAD lektorlari bilan tanishuvi 2012 yil Alumni uchrashuvining mantiqan yakunini yasadi.